AQSHda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi delegatsiyasi hamda Warner Bros Discovery kompaniyasi vakillari o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi
2025-11-21 16:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda hamkorlik yo‘nalishlari muhokamasi qilinib, kasbiy tayyorgarlik, qo‘shma kino ishlab chiqarish, ijodiy almashinuv dasturlari haqida kelishuvlar muhokama qilindi.
Shuningdek, AQSHning Warner Bros Discovery kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi o‘rtasida kinematografiyani birgalikda rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishish masalalari ko’rib chiqildi.
Shu bilan birga Toshkentda Warner Bros. Markazini ochish masalasi muhokama etildi hamda ushbu markaz Markaziy Osiyo kino sanoatini rivojlantirishida, iqtidorlarni rivojlantirishda, o‘qitish va mintaqaviy kino ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashda ulkan imkoniyatlarga egaligi bilan ahamiyati ta’kidlandi.
Hamkorlik davomida Oʻzbekiston madaniy merosi va jahon kinosi oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida Oʻzbekistonning tarixiy shaharlaridan birida — Toshkent, Buxoro, Samarqand yoki Xivada Warner Bros kinostudiyasi yoki qoʻshma ishlab chiqarish obʼyektini yaratish imkoniyatlari ko’rib chiqilishi ma’lum qilindi.
Uchrashuv davomida O’zbekiston tomoni AQSHning Warner Bros. Discovery kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan har qanday takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Bugungi bo’lib o’tgan uchrashuvda Warner Bros. Discovery vitse-prezidenti Maykl Volbrecht, HBO ishlab chiqarishni rejalashtirish va rag'batlantirish bo'yicha katta vitse-prezidenti Jey Rou, Warner Bros. Pictures jismoniy ishlab chiqarish va ma'muriy ishlar bo'yicha ijrochi vitse-prezidenti Mark Skroon, Warner Bros. Discovery jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha direktori Pooja Nawapey hamda oltita kompaniya rahbarlari uchrashuvda ishtirok etishdi.
“Biz O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligini, shuningdek Kinematografiya agentligi, Bolalar kontenti markazi, xalqaro hamkorlik va film ishlab chiqarish uchun mas’ul vakillar sizning vaqtingiz va muloqotga ochiqligingizni chuqur qadrlaymiz.
Oʻzbekiston bugungi kunda chuqur oʻzgarishlarni boshidan kechirmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti AQShga ikki marotaba tashrif buyurib, strategik darajasini yuksaltirdi va yetakchi Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik qilinmoqda.
Ushbu qadamlar O'zbekistonning modernizatsiya, ijodiy sanoatni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikka sodiqligini aks ettiradi. Biz bu yerga uzoq muddatli hamkorlik maqsadi bilan kelganmiz.
Warner Bros.ning keng qamrovli faoliyatini yo‘lga qo‘yishda kinofilm suratga olish uchun studiya va ishlab chiqarish paviloni, o‘yin-kulgi parki, va WBD mutaxassislari Markaziy Osiyodagi yangi avlod ijodiy iste’dodlarini tayyorlash va ularni yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’lim markazini yo’lga qo’yish masalalariga urg’u bermoqchimiz.
Ushbu qarash ikki tomonlama manfaatlidir.”- dedi Avazxon Tadjixanov.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi delegatsiyasining AQSHdagi tashrifi davom etmoqda.






