Poytaxtda start berilgan “Milliy kompozitorlar tanlovi” g‘oliblari taqdirlandi
2025-11-21 13:05:00 / Yangiliklar

Avvalroq, mamlakatimizda milliy akademik musiqa san’atini rivojlantirish va ommalashtirish, kompozitorlarning ijodini yanada jonlantirish va rag‘batlantirish, ular tomondan milliy ruhda yaratilayotgan yangi asarlarni keng targ‘ib qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamkorligida “Milliy kompozitorlar tanlovi”ni e’lon qilingan edi.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Milliy kompozitorlar tanlovi” ning taqdirlash marosimi yuqori badiiy saviyada tashkil etildi va o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda 25 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar tomonidan kelib tushgan jami 21 ta asarlar uch yo‘nalishda quyidagi tartibda baholandi. Unga ko'ra,
“Simfonik orkestr, xalq cholg‘ulari orkestri, damli cholg‘ular orkestri uchun asarlar” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Nodira Meliboyeva;
2-o‘rin – Sherzod Sobirov;
3-o‘rin – Sitora Norto‘rayeva;
3-o‘rin Ulug‘bek Karimov;
Ikkinchi yo‘nalish – “Xor va vokal asarlar” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Akmal Safarov;
2-o‘rin – Abdujalil Abdusattorov;
“Yakkaxon sozanda yoki kamer ansambl uchun asarlar” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Farhodjon Nazarov;
2-o‘rin – Ayapbergen Otegenov;
3-o‘rin – Nikolya Gabrielyanlar g'olib deb topildi.




