Agentlik xodimlari umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda
2025-08-22 17:55:00 / Yangiliklar
Agentlik xodimlari tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida eʼtibor qaratib, umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Xususan, maʼmuriy bino joylashgan hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Obod yurtimizning fayzi, tarovati o‘zgacha. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yana-da ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi.
Bugun mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Agentlik xodimlari ham tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida eʼtibor qaratib, umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Xususan, maʼmuriy bino joylashgan hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.



