Mo‘g‘uliston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-01-27 17:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi rahbari Sh. Xodjayev sohada amalga oshirilyotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Mo‘g‘uliston delegatsiyasining tashrifi YETTB ko‘magida qayta tiklanadigan energetikaga sarmoya kiritish va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasini o‘rganish orqali Mo‘g‘ulistonning energetika sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda Mo‘g‘uliston tomoni ushbu tashrifdan maqsad qayta tiklanadigan energiya sohasida tenderlar o‘tkazish va ularni tarmoqqa joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganish ekanligini taʼkidladi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston tomoni sohada 2017 yildan buyon amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, vertikal integratsiyalashgan energetika kompaniyasining faoliyat turi bo‘yicha 4 ta kompaniyaga bo‘linganligi, energenika bozoriga o‘tish qadamlari haqida taqdimot o‘tkazdi.
Mo‘g‘uliston tomoni O‘zbekistonda elektr energetikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish Mo‘g‘uliston uchun qiziqarli bo‘lganligini taʼkidlandi.



