Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining asosi
2024-12-06 17:45:00 / Yangiliklar
9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning burchimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens bo‘yicha bosh mutaxassisi N. Aminov, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida masʼul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir inson o‘zida masʼuliyatni his etishi zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, davra suhbatida ushbu illatga qarshi xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish kerakligi alohida taʼkidlandi.