“Konstitutsiya – huquqiy, suveren, demokratik davlat kafolati”
2025-12-09 16:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida” 2025-yil 21-oktabrdagi P-60-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida 9 dekabr kuni Agentlikning majlislar zalida ““Konstitutsiya – huquqiy, suveren, demokratik davlat kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens bo‘yicha bosh mutaxassisi N. Aminov o‘z maʼruzasida yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligini, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligi taʼkidlanib, yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizda “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asos qilib olingani, yaʼni har bir moddada inson qadri, uning huquq va erkinliklari aks topgani qayd etildi.
Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzida o‘tgan davra suhbati yakunida xodimlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


