“Raqamli suverenitet va milliy kiberxavfsizlik kuni”
2026-10-29 11:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 24-fevral kuni Davlatimiz Rahbari tomonidan yoşlar bilan ötkazilgan muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ilgari surilgan taşabbuslar hamda topşiriqlar ijrosini ta’minlaş maqsadida Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligida yoşlar bilan uçraşuvlar muntazam ötkazib kelinmoqda.
Bu galgi uçraşuv “Raqamli suverenitet va milliy kiberxavfsizlik kuni” doirasida taşkil etildi. Unda Agentlikning Texnik tahlil qiliş, raqamlaştiriş va sun’iy intellektni rivojlantiriş bölimi boşliği B. Asadov, axborot xavfsizligini ta’minlaş, raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalaniş hamda yoşlarning raqamli savodxonligini oşiriş haqida ma’ruza qildi.
Tadbirda B. Asadov yoş mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilib, my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) va e-ijro tizimlarining afzalliklarini amalda körsatib berdi.
Şuningdek, iştirokçilarga katta hajmdagi ma’lumotlarni (Big Data) tahlil qiliş, idoraviy hisobot loyihalarini tayyorlaş va prognoz körsatkiçlarini şakllantirişda zamonaviy sun’iy intellekt modellaridan xavfsiz foydalaniş çoralari namoyiş etildi.
Şuningdek, SI vositalaridan foydalanişda maxfiy ma’lumotlar sizib çiqişining oldini oliş böyiça çeklovlar va kiberxavfsizlik talablari tuşuntirildi.


