Agentlikda “Yangi O’zbekiston – Yangi Renessans poydevori” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi
2026-08-05 10:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda keyingi yillarda O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan tub ijobiy o‘zgarishlar, ayniqsa ma’naviy-ma’rifiy jabhalardagi yangilanish jarayonlari, ularning nainki Vatanimiz, balki mintaqa rivojiga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’siri, yangi O‘zbekistonning shiddatli taraqqiyot odimlari xalqaro miqyosda alohida hurmat va e’tibor qozonayotgani xususida batafsil so‘z yuritildi.
Agentlik xodimlari qatnashib “Yangi O’zbekiston – Yangi Renessans poydevori” kitobini muhokama qildi.
Mazkur kitob Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish tashabbusini, uning g‘oyaviy konsepsiyasini chuqurroq anglashga yordam beradi.
Kitob - insonning eng yaqin do‘sti, bilim va tafakkur manbai, maʼnaviy kamolat sari yetaklovchi beqiyos yo‘lboshlavchidir.

