Agentlikda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi
2026-09-30 16:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Agentlik direktori maslahatchisi - Strategik rejalashtirish va axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i X. Shaxidullayev, Markaziy xarid qiluvchi ("Oʻzenergosotish" AJ) xodimlari, yirik iste’molchi korxonalar vakillari bilan ochiq muloqot qildi.
Ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-sentyabrda “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–202-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining "Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori tamoyillariga o‘tish davrining birinchi bosqichi - "Ikki tomonlama shartnomalar asosidagi xaridlar" bosqichi uchun bozor qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida" 527-son qarori keng muhokama qilindi.
Muloqot davomida ularning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlari tinglandi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Bunday uchrashuvlar tadbirkorlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va hududlarda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.



