Xorazm viloyatida tadbirkorlarning energiya resurslari bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi
2026-04-24 15:40:00 / Yangiliklar

23-aprel kuni Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Agentlikning Litsenziyalash, bozor munosabatlari monitoringi va nizolarni hal qilish bo'limi bosh mutaxassisi Sh. Nizanov «ODAS ENERJI CA» МЧЖ binosida hududda faoliyat olib borayotgan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan ochiq muloqot qildi.
Muloqot davomida ularning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlari tinglandi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududda iqtisodiy faollikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar tadbirkorlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va hududlarda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.


