Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!
2026-05-05 12:00:00 / Yangiliklar

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”dagi qonunlarining mazmun-mohiyati, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishning ahamiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari haqida hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashishga va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan talablar bo‘yicha Agentlik xodimlariga atroflicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaruvchi holatlar, bunday vaziyatlarda xodimning huquqlari va majburiyatlari, oldini olish choralari va javobgarlik turlari haqida maʼlumot berildi.


