Agentlik xodimlari uchun “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga sayohat tashkil etildi
2026-04-30 15:30:00 / Yangiliklar

Mazkur sayohat O‘zbekistonning ozodligi, istiqlol va taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan jadid ziyolilar xotirasini yod etish, yosh avlod qalbida milliy qadriyatlar, tarixiy xotira va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Shahidlar xiyoboni — nafaqat go‘zal maskan, balki xalqimiz ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini yodga oladigan muqaddas joydir. Bunday sayohatlar xodimlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish bilan birga, madaniy hordiq chiqarishlariga yordam beradi.
Sayohat davomida xodimlar "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyini ham ziyorat qilishdi.
Mazkur tadbir xodimlarning milliy o‘zlikni anglashini yanada mustahkamlash, tarixiy xotira orqali kelajakka dadil qadam tashlashida muhim ahamiyat kasb etadi.


