Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-02-16 16:00:00 / Yangiliklar

Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-dekabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni kompleks ko‘rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-375-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Unda Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori o’rinbosari A.Otaboyev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlari tinglandi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududda iqtisodiy faollikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar tadbirkorlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va hududlarda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
