Agentlik xodimalari Peer Coaching dasturida ishtirok etmoqda
2026-04-02 12:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi xodimalari xalqaro miqyosda tashkil etilgan Peer Coaching dasturida kouch sifatida ishtirok etmoqda. Ushbu dastur energetika sohasida ayollar salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilarga tajriba almashish, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish va kengaytirish imkonini beradi.
Dastur xalqaro Women in Energy (WIE) tashabbusi doirasida tashkil etilgan bo‘lib mart – noyabr oylarda davom etadi. Dastur energetika sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nufuzli platforma hisoblanadi. Tashabbusning asosiy maqsadi — gender tengligini taʼminlash, ayollarning rahbarlik lavozimlaridagi ishtirokini oshirish va ularning kasbiy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat.
Women in Energy (WIE) doirasida amalga oshirilayotgan dasturlar ishtirokchilarga:
-
xalqaro tajriba bilan tanishish,
-
murakkab professional vazifalarni hal etishda yangi yondashuvlarni o‘rganish,
-
murabbiylik (kouching) orqali bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini beradi.
Agentlik xodimalarining mazkur dasturda kouch sifatida ishtirok etishi ularning yuqori malakasi, tajribasi va energetika sohasidagi yetakchilik salohiyatini yana bir bor namoyon etmoqda. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Agentlik kelgusida ham xalqaro tashabbuslarda faol ishtirok etish, inson kapitalini rivojlantirish va sohada gender tengligini taʼminlashga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

