Davlat boshqaruvida inklyuziv yetakchilik va xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
2026-03-26 14:55:00 / Yangiliklar

“Kelajak uchun davlat boshqaruvini mustahkamlash” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan panel sessiyasida davlat boshqaruvida ayollar yetakchiligining o‘rni, ularning qaror qabul qilish jarayonidagi ishtiroki hamda qonunchilik va institutsional islohotlarga taʼsiri masalalari muhokama qilindi.
Mazkur xalqaro konferensiyada Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi bosh mutaxassisi Feruza Xadjimuratova ishtirok etdi.
Panel muhokamalarida davlat xizmatlarida gender tengligini taʼminlash, ayollarning liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, davlat siyosatini shakllantirishda ularning ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, ilg‘or xalqaro tajriba asosida ayollar ishtirokini kengaytirishga qaratilgan institutsional mexanizmlar, davlat siyosatini takomillashtirish yo‘nalishlari hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda gender yondashuvlarning ahamiyati muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida muassasalararo hamkorlikni kuchaytirish, ayollarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish orqali samarali va inklyuziv boshqaruv tizimini shakllantirishning amaliy yechimlari ko‘rib chiqildi.
Panelda davlat boshqaruvi organlari, parlament, mahalliy hokimiyat, xalqaro tashkilotlar hamda akademik doira vakillari ishtirok etdi.
Inklyuziv yetakchilik — bu nafaqat tenglik tamoyili, balki samarali va natijador davlat boshqaruvini taʼminlovchi muhim omildir.
Mazkur konferensiya nafaqat amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, balki davlat boshqaruvida gender tengligini taʼminlash va ayollar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi ilmiy va amaliy yo‘nalishlarni belgilab beruvchi muhim muloqot maydoni bo‘ldi.


