"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekildi
2026-03-01 11:15:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Davlatobod tumani Orzu massividagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi homiyligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 20 ta manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ekilgan manzarali ko‘chatlari hududning obod bo‘lishiga, atrof-muhitning yanada go‘zal va so‘lim maskanga aylanishiga xizmat qilibgina qolmay, balki yoshlar ongida tabiatga mehr, ekologik madaniyatni shakllantirish, Vatan ravnaqi uchun masʼuliyat tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilgan muhim amaliy qadamlardan biri bo‘lib qoladi.




