Agentlik xodimlari umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda
2026-03-14 11:25:00 / Yangiliklar

Obod yurtimizning fayzi, tarovati o‘zgacha. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida yurtimiz bo‘ylab, “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!" shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Agentlik xodimlari ham tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida eʼtibor qaratib, umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Xususan, maʼmuriy bino joylashgan hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Xodimlar atrofda to‘planib qolgan chiqindilardan tozalab, oqartiruv va tozalash ishlarini amalga oshirishdi.





