Joriy yilning 13-mart holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun 87 ta litsenziya berildi
2026-03-13 11:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 13-mart holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun 87 ta litsenziya berildi.
Eslatib o‘tamiz, litsenziyasiz faoliyat – qonunga xilof. Litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan elektr energetikasi korxonalariga nisbatan jarimalar va maʼmuriy choralar qo‘llaniladi. Shu munosabat bilan, litsenziyalash jarayonini kechiktirmaslikka chaqiramiz.
Qonuniy faoliyat – barqaror va raqobatbardosh elektr energetikasi bozorining kafolati.
