Agentlikning ekofaol xodimi eʼtirof etildi
2025-12-17 16:30:00 / Yangiliklar

Prezidentimizning 2025 yil 15 maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qarorida aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish bilan birgalikda ekologik faol xodimlarni eʼtirof etish ham qayd etilgan.
Shu maqsadda Respublikada yashillik darajasini yana-da oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirgan ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida namuna ko‘rsatgan ekofaol xodimni aniqlash amalga oshirildi. Unga Agentlikning xo‘jalik mudiri M.Raxmatov munosib ko‘rildi.
Tadbirda Agentlikning ekofaol xodimi sifatida eʼtirof etilgan M.Raxmatovga faxriy yorliq topshirildi.
