Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligida xodimlarning ekologik bilimini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil qilindi.
2025-12-17 10:25:00 / Yangiliklar

Prezidentimizning 2025 yil 15 maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qarorida aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, shuningdek barcha tashkilotlar xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlari tashkil etish vazifasi qo‘yilgan. Ushbu seminar mazkur qaror ijrosini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.
Seminarda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori o‘rinbosari O. Payanov hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti “Biologiya” kafedrasi professor Sh. Avazov ishtirok etishdi.
Tadbirda professor Sh. Avazov, aholining ekologik madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, hamda mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini asrab avaylash va fuqarolarimizning sog‘ligini asrashdek yuksak vazifalarni birgalikda bajarish kerakligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



