Stipendiya miqdorlari
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga muvofiq Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan
MIQDORLARI*
2025-yil 1-avgustdan boshlab
|
T/r
|
Stipendiya nomi va qoʻshimcha toʻlovlar
|
Stipendiya miqdori
(bir oyda, soʻm) |
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi |
2 410 695 |
2. |
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, Toʻlepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari |
1 607 130 |
3. |
Davlat granti asosida, shuningdek, bir yillik oʻqitish qiymatining stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan, barcha fanlar boʻyicha faqat “aʼlo” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga (reyting koʻrsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega boʻlgan talabalar uchun stipendiya |
683 604 |
4. |
Davlat granti, shuningdek, stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun bazaviy stipendiya va qizlar uchun maxsus stipendiya |
569 670 |
5. |
1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan talabalar uchun stipendiya |
belgilangan stipendiyalarga nisbatan
|
6. |
Alohida qobiliyat va iqtidor egasi boʻlgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun qoʻshimcha toʻlov** |
belgilangan stipendiyalarga nisbatan
|
7. |
Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar uchun stipendiya |
Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan
|
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari qabul qilinishi munosabati bilan oliy taʼlim muassasalari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari oʻzgargan taqdirda, Oliy taʼlim , fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan oliy taʼlim muassasalari talabalari stipendiyalarining jadvalda koʻrsatilgan miqdorlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
** Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
