Murojaatlar statistikasi
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Vazirlikka 2026-yilning yanvar-mart oylari davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 2376 ta murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar soni oʻtgan yilga nisbatan 4,1 foizga (94 taga) koʻpaygan.
Maʼlumot uchun: 2009 ta elektron (84,6 %), 281 ta yozma (11,8%), 86 ta ogʻzaki (3,6%) murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarning 16,8 % Toshkent shahridan, 10,1 % Samarqand, 9,2 % Qashqadaryo, 7,8 % Fargʻona, 7,3 % Surxondaryo, 7,1 % Toshkent viloyatlaridan va 41,7 % boshqa hududlardan kelib tushgan.
14,1% (336 ta) oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash, 10,8% (257 ta) taʼlim muassasasi faoliyatiga oid masalalar, 10,6% (253 ta) diplom masalasi, 7,4% (176 ta) talabalar bilimini baholash va yakuniy davlat attestatsiyasi masalasi, 7,1% (168 ta) kontrakt toʻlovi, 6,6% (158 ta) taʼlim muassasasi xodimlari faoliyatidan norozilik, 5,1% (120 ta) ish masalasi, 5,0% (119 ta) moliyaviy masalalar (ish haqi, stipendiya, moddiy yordam), 4,3% (103 ta) qabul jarayonlari va oʻqishga qabul qilish, 2,4% (57 ta) xorijiy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiya, 2,4% (57 ta) chet tilini bilish darajasini aniqlash, 2,2% (52 ta) ilmiy-innovatsion va startap loyihalar, 2,1% (49 ta) talabalar turar joyi, 19,8% (471 ta)ni esa boshqa masalalar tashkil etadi.
Koʻrib chiqish natijalariga koʻra murojaatlarning 735 tasi (31,0 %) ijobiy hal etilgan, 1549 tasiga (65,2%) huquqiy maʼlumot berilgan, 37 tasining (1,5%) koʻrib chiqilishi tugatilgan, 17 tasi (0,7 %) koʻrmasdan qoldirildi, 38 tasi (1,6%) hududiy idoralarga yuborilgan va tegishli vazirliklarga yuborilgan.
Fuqarolar tomonidan eng koʻp yoʻllanayotgan masalalar hamda mazkur masalalarning hududlar kesimida dinamikasiga koʻra, muammoli hududlar aniqlanib, mazkur hududlarda vazirlik rahbariyatining sayyor qabullari tashkil etilmoqda. Xususan, joriy yilda vazirlik rahbariyati tomonidan hududlarda 4 marotaba sayyor qabullar oʻtkazildi.
Oliy, professional va oʻrta maxsus taʼlim masalalarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday savollarga tezkorlik bilan javob berishni yoʻlga qoʻyish maqsadida vazirlikda Ishonch telefonining samarali faoliyati yoʻlga qoʻyilib, hisobot davrida fuqarolarning 16 mingdan ortiq qoʻngʻiroqlarga javob berildi.
Amalga oshirilgan islohotlar natijasida oʻqishga kirish masalasidagi shikoyatlar 65,1 % ga, qayta tayyorlash va malaka oshirish masalasi 60,0 % ga, taʼlim muassasasi faoliyatiga oid masala 37,9 % ga, talabalar stipendiyasi masalasi 26,8 % ga, kontrakt toʻlovi masalasi 21,1 % ga kamayishiga erishildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan
2026-yil davomida kelib tushgan murojaatlar statistikasi
|
2026-yil
(yanvar-aprel)
STATISTIKASI |
2025-yil STATISTIKASI |
2024-yil STATISTIKASI |
2023-yil STATISTIKASI |
2022-yil STATISTIKASI |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tahliliy axborot:
|
№
|
Nomi
|
Havola
|
|---|---|---|
|
1.
|
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqida tahliliy axborot
Davr: 2025-yil |
|
|
2.
|
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqida tahliliy axborot
Davr: 2025-yil 1-yarim yillik |
|
|
3.
|
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqida tahliliy axborot
Davr: 2024-yil |
|
|
4.
|
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqida tahliliy axborot
Davr: 2023-yil |
|
|
5.
|
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqida tahliliy axborot
Davr: 2022-yil |
|
|
6.
|
Oliy taʼlim muassasalari xodimlari va rektorlari ustidan kelib tushgan shikoyatlar
|






