Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi
2025-11-05 10:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Ushbu natija mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarning amaliy samarasidir.
Ma’lumot uchun, mazkur reytingda Osiyoning 25 ta mamlakat va hududidan 1500 dan ortiq universitetlar baholangan. Ulardan 557 tasi ilk bor roʻyxatga kiritilgan.
Reyting mezonlari ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyatiga asoslanadi.
QS Asia University Rankings 2026’da Oʻzbekiston OTMlari natijalari:
|
№ |
Oliy taʼlim tashkiloti |
Oʻrin |
|---|---|---|
|
1 |
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti |
103 |
|
2 |
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti |
180 |
|
3 |
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
274 |
|
4 |
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti |
301 |
|
5 |
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti |
307 |
|
6 |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
557 |
|
7 |
Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti |
588 |
|
8 |
Toshkent davlat transport universiteti |
602 |
|
9 |
Urganch davlat universiteti |
632 |
|
10 |
Toshkent davlat agrar universiteti |
741–750 |
|
11 |
Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat universiteti |
801–850 |
|
12 |
Fargʻona davlat texnika universiteti |
851–900 |
|
13 |
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti |
851–900 |
|
14 |
Fargʻona davlat universiteti |
901–950 |
|
15 |
Qarshi davlat universiteti |
901–950 |
|
16 |
Andijon davlat universiteti |
951–1000 |
|
17 |
Namangan davlat texnika universiteti |
951–1000 |
|
18 |
Buxoro davlat universiteti |
1001–1100 |
|
19 |
Guliston davlat universiteti |
1001–1100 |
|
20 |
Jizzax politexnika instituti |
1001–1100 |
|
21 |
Buxoro davlat texnika universiteti |
1201–1300 |
|
22 |
Chirchiq davlat pedagogika universiteti |
1201–1300 |
