Ilm va taraqqiyot yoʻlida hamjihatlik: Samarqanddagi Oʻzbekiston–Yaponiya rektorlar forumining panel sessiyasi
2025-10-30 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Taqdimotlarda ikki mamlakat oʻrtasidagi oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichga koʻtarilayotgani, qoʻshma dasturlar, ilmiy tadqiqotlar va talabalar almashinuvi inson taraqqiyotiga xizmat qilayotgani qayd etildi. Tadbirga moderatorlik qilgan Buxoro davlat universiteti rektori doktor Obidjon Hamidov ishtirokchilarni qutlar ekan, forumning oʻzaro tajriba almashish va yangi hamkorlik yoʻnalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Maʼruzalarda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda taʼlimning oʻrni, jamiyatda ilm-fanning ijtimoiy masʼuliyati, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, innovatsiya uygʻunligi orqali yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, inson kapitaliga sarmoya kiritish, yoshlarning xalqaro tajriba va ilgʻor bilimlarni oʻzlashtirishini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama etildi.
