O‘zbekiston tajribasi xalqaro maydonda e’tirof etildi
2025-10-30 11:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Forumda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Isroil, O‘zbekiston va Rossiya universitetlar sporti federatsiyalari rahbarlari sport sohasidagi islohotlar, universitet sport klublarining rivojlanish tajribalari bo‘yicha fikr almashdilar.
E’tiborlisi, O‘zbekistondagi universitet sport klublari faoliyati tizimli tashkil etilgani va zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yilgani xalqaro ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.
Shuningdek, forumda O‘zbekiston delegatsiyasi so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan talaba yoshlarga qaratilgan e’tibor, sport va ta’lim tizimining integratsiyasi yo‘nalishida amalga oshirilgan islohotlar haqida ham taqdimot o‘tkazdi.
Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi hamda Sport vazirligi vakillari O‘zbekiston tajribasini o‘rganish va o‘z mamlakatlarida joriy etish haqida qaror qabul qildilar.


