Erasmus+ Milliy ofisi koordinatori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-10-24 12:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Muloqot chogʻida Erasmus+ dasturi doirasidagi Oliy taʼlimni isloh qilish boʻyicha ekspertlar guruhi (HEREs) jamoasining joriy faoliyati yuzasidan maʼlumot berildi, yil yakuniga qadar rejalashtirilgan tadbirlar va tashabbuslar muhokama qilindi. Shuningdek, 2025-yil uchun moʻljallangan ish rejasi hamda texnik koʻmak missiyalari (TAM) doirasidagi tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek tomonlar 2025-yilgi Oliy taʼlimda salohiyatni oshirish (CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan loyihalarni taqdim etish masalalarini ham koʻrib chiqdilar.
Shu bilan birga, HEREs jamoasining har yili oʻtkaziladigan mintaqaviy anjumanini vazirlikning yillik konferensiyalar rejasiga kiritish, talabalar rolini kuchaytirish va ularning ishtirokini ragʻbatlantirish, hamda 2026-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan Klaster uchrashuviga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda oʻtdi, ikki tomon hamkorlikni yanada mustahkamlash va Erazmus+ dasturi doirasidagi faoliyatni samarali tashkil etish boʻyicha kelishib oldilar.



