Yangi avlod pedagoglarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi
2025-10-16 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov boshchiligida vazirlik mas’ullari ham ishtirok etdilar.
Tadbirda pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish va dual ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, pedagogik oliy ta’lim tashkilotlarida “4+2” tartibida malakaviy amaliyotni tashkil etish, raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Yig‘ilish yakunida oliy ta’lim tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirish va xalqaro tajribani keng joriy etishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.






