Urganchda “Talaba Expo – 2025” doirasida seminar-trening va loyihalar taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Startaplar moliyalashtirildi
2025-10-16 17:15:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun Urganch shahrida “Talaba Expo – 2025” kasb ko‘rgazmasi doirasida bitiruvchi talabalar uchun “Kelajakka qadam” seminar-treningi o‘tkazildi.

Seminar davomida ishtirokchilar startap g‘oyalarni ilgari surish, biznes-reja tuzish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar. Shuningdek, mehmonlar talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning savollariga javob berdilar.
Ko‘rgazma doirasida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan 3 ta istiqbolli loyiha taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda loyihalarning maqsadi, mazmuni va yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida talabalarning bir qator startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida moliyalashtirish uchun vaucherlar topshirildi:
• Urganch davlat universiteti – Jo‘rabek Jumaboyev (1 mlrd so‘m),
• Urganch davlat universiteti – Elbek Rahimov (1 mlrd so‘m),
• Toshkent Kimyo xalqaro universiteti – Diyorbek Yo‘ldoshboyev (1 mlrd so‘m),
• Urganch davlat tibbiyot instituti – Bahodir Ruzimov (800 mln so‘m),
• Urganch davlat universiteti – Suxrobbek Umidov (700 mln so‘m),
• Urganch davlat universiteti – Anaxon Qurbonova (500 mln so‘m).
Moliyalashtiriladigan ushbu loyihalar yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirishga xizmat qiladi.









