Toshkentda ta’lim sifatini baholashga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
2025-10-14 16:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etdi. Vazir o‘z nutqida ta’lim sifatini oshirish, baholash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash hamda xalqaro tajribalarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.
Anjumanda AQSh, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va boshqa davlatlardan taniqli ekspertlar qatnashdi. Ular orasida Stephen Richard King (“Cambridge University Press and Assessment”), Michael Houlgate (Britaniya Kengashi) va Darren Perret (Cambridge University Press) kabi xalqaro mutaxassislar ham bor edi.
Tadbirda ta’lim sifatini oshirish, baholash tizimini modernizatsiya qilish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Anjuman yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi, eng yaxshi ilmiy ishlanmalarni Bilim va malakalarni baholash agentligining “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnalida chop etish belgilandi.









