Akkreditatsiya mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-10-08 17:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Agentlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, oliy ta’lim muassasalari prorektorlari va sifatni baholash bo‘yicha mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda ta’lim sifatini baholash tizimini takomillashtirish, xalqaro akkreditatsiya standartlariga mos milliy mezonlarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro tajribalarda qo‘llanilayotgan baholash indikatorlari va o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlariga oid yangi yondashuvlar taqdim etildi. Ishtirokchilar tomonidan milliy ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida ta’lim sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini ta’minlash hamda O‘zbekistonni mintaqadagi ilg‘or ta’lim markazlaridan biriga aylantirish yo‘lida bunday muloqotlarni muntazam o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.






