Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik: GAU delegatsiyasi bilan muloqot
2025-10-02 19:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda kadrlar tayyorlash, ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish va amaliyotga yo‘naltirilgan qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Shu bilan birga, delegatsiya tomonidan GAUning Gruziyada yo‘lga qo‘yilgan muvaffaqiyatli faoliyat modeli bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Muloqotda GAU qoshidagi tibbiyot maktabi (Medical School)ni O‘zbekistonda tashkil etishga oid me’yoriy-huquqiy talablar, shuningdek, milliy oliy ta’lim tizimidagi imkoniyatlar va raqobat muhiti yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar amaliy natijalarga yo‘naltirilgan hamkorlikdan manfaatdor ekanligini bildirib, muloqotni ishchi tartibda davom ettirishga kelishib oldilar.
Bizni kuzating
Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram | (https://www.instagram.com/eduuzofficial/) YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)



