Buxoroda xalqaro kongress o‘tkazish masalasi muhokama qilindi
2025-09-20 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Muzokaralarda Buxoro shahrida Yevropaning yetakchi universitetlari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari ishtirokida xalqaro kongress tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda mazkur tadbir universitetlar va ilmiy markazlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim platformaga aylanishi ta’kidlandi. Kongressning asosiy mavzusi sifatida yangi texnologiyalar, muhandislik va tabiiy fanlar, shuningdek, pedagogik innovatsiyalarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqligi bildirildi.
Shuningdek, Kongress doirasida vazirlar, rektorlar va ilmiy muassasalar rahbarlari ishtirokida yirik davra suhbati o‘tkazish, qo‘shma rezolyutsiya qabul qilish hamda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik shartnomalarini imzolash kutilmoqda.
Muzokarada keyingi Polsha–O‘zbekiston rektorlari forumini ham mazkur Kongress bilan uyg‘un holda o‘tkazish masalasi ilgari surildi.



