Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Shahlo Turdikulova Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi
2024-04-01 14:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugungi kunda universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy-innovatsion faoliyat, asosiy ko‘rsatkichlar, mavjud infratuzilma obyektlari, bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlar, muassasa hududida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan tijorat tashkilotlari bo‘yicha ma’lumot berildi.
Sh.Turdikulova talabalarga turli xizmatlar ko‘rsatuvchi "Registrar ofis" markazi faoliyati, sport zallari, bandlik markazi, 500 ming adabiyot sig‘imiga ega Axborot-resurs markazi bilan yaqindan tanishdi.
Vazir o‘rinbosari, shuningdek, qurilish sanoati, robotexnika, biotexnologiya, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot kabi yo‘nalishlardagi ilmiy, innovatsion hamda startap loyihalar bilan tanishib, ularning mualliflari bilan suhbatlashdi. Xususan, "STEM yo‘nalishida Arduino bazasida asoslangan kontruktorlar", “Resurs tejamkor ohorlovchi polimer-kompozitsiyalar yaratish va to‘qimachilik korxonalarida joriy etish texnologiyasi”, "Buxoro tarixiy an’analari asosida yaratilgan milliy uslubdagi jihozlar" kabi loyihalar yaqindan o‘rganildi.

