Vazir talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi
2025-09-12 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida talabalarga yaratilgan sharoitlar, turar joy tizimi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Vazir universitet va institut rahbarlarining hisobotlarini tinglab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berdi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Bundan tashqari, energiya ta’minoti, isitish tizimlari va talabalar turar joylarida muqobil quvvat manbalaridan foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.
📌 Institutda 4 ta talabalar turar joyi faoliyat yuritib, ularning umumiy sig‘imi 1 434 o‘rinni tashkil etadi. 12-sentyabr holatiga ko‘ra Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jami 1 473 ta ariza kelib tushgan. Shartnoma olganlar soni — 1 393 nafar, shundan 1 097 nafari yotoqxonaga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, 150 nafar talaba ijaraga xonadonlarga joylashtirilgan.
Bizni kuzating
Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram | (https://www.instagram.com/eduuzofficial/) YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)





