Namangan to'qimachilik sanoati instituti Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti a'zolari "Chiqindisiz dunyo uchun" aksiyada faol ishtirok etdi.
2024-03-30 13:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Respublikamizning barcha hududlarida 30-mart "Xalqaro chiqindisiz dunyo" kuni munosabati bilan o'tkazilayotgan tadbirlarda talabalarning ham o'rni beqiyos.

Xususan, Namangan to'qimachilik sanoati instituti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining 30 ga yaqin a'zolari To'raqoʻrgʻon tumani chiqindi poligonida boʻlib, atrof-muhitni chiqindilardan tozalab, jonbozlik koʻrsatishdi va ekologiyaning barqarorligini taʼminlashda oʻz hissalarini qoʻshdi.
Aksiyasida faol ishtirok etgan talabalar Namangan viloyati ekologiya boshqarmasi tomonidan maxsus esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.



