Toshkent davlat texnika universitetida “Raqamli va intellektual texnologiyalar ustaxonasi” ochildi
2025-09-09 09:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur ustaxona talaba-yoshlarni zamonaviy raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish, ularning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda xalqaro hamkorlik doirasida ilg‘or tajribalarni joriy etishga qaratilgan.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, IT sohasi mutaxassislari, xorijiy hamkor kompaniya vakillari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etib, yangi ustaxonaning ta’lim jarayonida tutadigan o‘rni, yoshlarning kasbiy rivojiga qo‘shadigan hissasi hamda ilmiy salohiyatni mustahkamlashdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.
Shuningdek, ustaxona doirasida kelgusida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, startap loyihalarni rivojlantirish va yosh olimlar uchun innovatsion muhit yaratish rejalashtirilmoqda.









