Talaba-dzyudochilarimiz Turkiy davlatlar Universiadasida 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi
2025-09-08 09:45:00 / Vazirlik yangiliklari
Qirg‘iz Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida o‘tkazilayotgan III Turkiy davlatlar Universiadasi doirasida dzyudo bahslari yakuniga yetdi.

Ulug‘bek Azizov va Aziz Tashmatov murabbiyligidagi talaba-dzyudochilarimiz musobaqada 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bizdan bitta oltin medal ko‘p jamg‘argan Qozog‘iston terma jamoasi birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Oltin medal sohiblari:
- -52 kg: Zarina Jamalova — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
- -57 kg: Rayhona Mamatova — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
- -73 kg: Hojiakbar Toshev — Buxoro davlat universiteti
- +78 kg: Mohlaroyim Tuxtamisheva — O‘zbekiston milliy universiteti
Kumush medal sohiblari:
- -48 kg: Ruxshona Alisherova — Buxoro davlat universiteti
- -63 kg: Marjona Nurillaeva — O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
- -66 kg: Shohjahon Otaboev — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
- -100 kg: Muhammadali Tangriev — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Bronza medal sohiblari:
- -60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov — Qarshi davlat universiteti
- -70 kg: Shirinjon Yuldasheva — O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
- -81 kg: Nodir Mavlonberdiev — Urganch davlat universiteti
- -90 kg: Sardorbek Erkinov — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Talaba-yoshlarimizning ushbu yutug‘i mamlakatimiz sport salohiyatining yuksalayotgani, xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora ortib borayotganidan dalolatdir.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi dzyudochi talabalarimizni hamda ularning murabbiylarini samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi.






