Toshkent davlat agrar universitetida 1 350 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi
2025-09-04 20:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda so‘zga chiqqanlar universitetning xalqaro hamkorlikdagi yutuqlariga ham to‘xtalib, Xitoy davlati bilan o‘rnatilgan aloqalar kengayotgani hamda tajriba almashish jarayonlari samarali davom etayotgani ta’kidlandi.
Marosimda faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar, xorijiy hamkorlar, ekspertlar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Endilikda yangi qad rostlagan binoda 8 ta zamonaviy o‘quv laboratoriyasi, 8 ta ma’ruza zali, 38 ta seminar xonasi, professor-o‘qituvchilar xonalari va dekanatlar joylashgan bo‘lib, bu yerda O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetlari faoliyat olib boradi.
Bizni kuzating
Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram (https://www.instagram.com/eduuzofficial/)| YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)









