Parkent tumanidagi xalqaro “Uzum sayli” festivalida oliy ta’lim muassalari faol ishtirok etdi
2025-08-25 13:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur festivalda oliy ta’lim muassasalari ham faol ishtirok etib, hududlarning o‘ziga xos urf-odatlari, an’analari, milliy taomlari va madaniy merosini keng namoyish qildi.
Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm fakulteti Qoraqalpog‘iston Respublikasi milliy qadriyatlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va taomlari bilan munosib ishtirok etdi hamda faxrli 2-o‘rinni egallab, 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi ham festivali doirasida faol qatnashib, talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida milliy urf-odatlar, taomlar hamda madaniy meros namoyishi orqali katta e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Festival doirasida talabalar, professor-o‘qituvchilar va xalqaro mehmonlar o‘rtasida madaniy aloqalar mustahkamlandi, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

