“Uzum sayli” festivali doirasida III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
2025-08-25 12:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur nufuzli tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda MDIS Tashkent hamkorligida tashkil etildi.
Konferensiyada Italiya vinochilik uyushmasi rahbari Leonardo Kommuchi, Florensiya Xalqaro marketing va vino uyushmasi direktori Lusiana Sao, Turkiyaning Kappadokiya universiteti professori Xaliburak Sakal, shuningdek, 30 dan ortiq mamlakatdan (Indoneziya, Turkiya, Serbiya, Rossiya, Koreya, Singapur, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon va boshqalar) olimlar va ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida uzumchilik va vinochilik sohasida xalqaro tajribalar almashildi, innovatsion yondashuvlar va yangi agrotexnologiyalarni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.






