Qirg‘izistonda “Study in Uzbekistan” veb-portali loyihasi namoyish etildi
2025-08-12 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 10–11-avgust kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida “O‘zbekiston–Qirg‘iziston biznes va ta’lim ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

Tadbirda oziq-ovqat, to‘qimachilik, tibbiyot, ta’lim va turizm sohalaridagi ishlab chiqaruvchilar, yosh tadbirkorlar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi delegatsiyasi “Study in Uzbekistan” veb-portali loyihasi bilan ishtirok etdi.



