Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining II Qurultoyida ishtirok etdi
2025-08-14 16:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Qurultoyda so‘nggi besh yillik faoliyat yakunlari va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi, jumladan, oliy ta’lim tizimida kasaba uyushmalarining o‘rni va hamkorlik istiqbollari, professor-o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish, yoshlarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan tashabbuslar alohida qayd etildi.
Tadbirda 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan strategik yo‘nalishlar tasdiqlandi, kasaba uyushmasi ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, rahbariyat saylovlari o‘tkazilib, Ravshan Bеdilov kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi etib saylandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kelgusida ham kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifati va pedagoglar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.






