Toshkent xalqaro universitetida zamonaviy Sun’iy intellekt o‘quv markazi ochildi
2025-08-14 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ham ishtirok etib, ushbu tashabbusning nafaqat oliy ta’lim tizimi, balki butun iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatini ta’kidladi.
Markazda startap loyihalar yo‘lga qo‘yilishi, innovatsion tadqiqotlar olib borilishi va mamlakatimizning raqamli iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi yirik tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyiha KOICA tomonidan 1 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtiriladi. Bitiruvchi talabalar esa Microsoft Azure xalqaro sertifikatini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, markazda vazirlik va idoralarning IT mutaxassislari, biznes sohasi vakillari, shuningdek, maktab va oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan IT o‘qituvchilari uchun o‘quv kurslari va malaka oshirish dasturlari ham tashkil etiladi.









