Rasmiy munosabat
2025-07-30 16:30:00 / Vazirlik yangiliklari
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim talabalarning soxta hujjatlar asosida oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilingani haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, HEMIS tizimi orqali har bir talabaning qabul qilinishi, o‘qiyotgan yo‘nalishi va kursi aniq qayd etiladi. Xorijdan o‘qishini ko‘chirishda esa faqat rasmiy hujjatlar asosida, o‘quv rejalari solishtirilib, rektor buyrug‘i bilan qabul amalga oshiriladi. Bu jarayon elektron tizimda to‘liq va shaffof yuritiladi, asossiz ma’lumotlar kiritilmaydi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur masala yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, belgilangan tartibda huquqiy baho berilib, jamoatchilikka rasmiy axborot taqdim etiladi.
