Diqqat, eslatma! pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan arizalarni tahrirlash bugun, 5-mart soat 23:59 da to‘xtatiladi
2024-03-05 13:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Akademik litsey va professional ta’lim muassasalarining majburiy attestatsiyadan o‘tish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va arizasi ko‘rib chiqilayotgan hamda navbatdan tashqari (ixtiyoriy) attestatsiyada ishtirok etish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va belgilangan yig‘im summasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirmagan pedagog kadrlar joriy yilning 5-mart kuni yakuniga qadar arizalarini tahrirlashga va belgilangan yig‘im summasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishlari lozimligini eslatamiz. O‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirmagan arizalar ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qilamiz.
Qo‘shimcha savollar uchun:
☎️ Telefon: 55 520-08-08 (ichki raqam 75)
📩 Telegram: https://t.me/pedagog_supportbot
