Vazir qabuli
2025-07-25 12:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Ushbu qabul doirasida mamlakatning turli hududlaridan kelgan fuqarolar, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita vazirga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, uzoq hududlarda yashovchi va vazirlik binosiga shaxsan kela olmagan fuqarolar uchun videokonferensiya aloqasi orqali masofaviy qatnashish imkoniyati ham yaratildi.
Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi:
– talabalarning o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish;
– nodavlat oliy ta’lim tashkilotidan talabalar safidan chiqarilgan fuqarolarning o‘qishini tiklash;
– oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga oid taklif va e’tirozlar;
– ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning to‘lov-kontrakt summasini to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatish.
Vazir tomonidan har bir murojaat sinchiklab, individual yondashuv asosida ko‘rib chiqildi, yechim talab qiluvchi masalalar yuzasidan tegishli soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Qator murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, ayrim holatlar bo‘yicha esa muammoni o‘rganish va huquqiy mexanizmlar orqali yechim topish yuzasidan ishchi guruhlar shakllantirildi.









