Vazir Nukus shahridagi test sinovlari jarayoni va politexnikum faoliyati bilan yaqindan tanishdi
2025-07-22 20:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Shuningdek, vazir Nukus shahridagi 1-sonli politexnikumda bo‘lib, u yerda Buyuk Britaniyaning BTEC ta’lim dasturi asosida xalqaro o‘quv kurslarini joriy etish masalalari, shuningdek muassasadagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Vazir qurilish ishlarida ishtirok etayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashib, aniq tavsiyalarini berdi.
Shu kuni Qo‘ng‘irotboy Sharipov Nukus shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etilgan test sinovlari jarayoni bilan ham tanishdi. U test sinovlari o‘tkazilayotgan binoga tashrif buyurib, imtihonlarning tashkil etilishi, texnik va sanitariya-gigiyena sharoitlari, abituriyentlar uchun yaratilgan qulayliklar holatini o‘rgandi.
Tashrif davomida vazir abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan samimiy suhbatlashdi, ularning fikr va takliflarini tingladi. Vazir ta’lim tizimida shaffoflikni ta’minlash, sinov jarayonlarini adolatli o‘tkazish va har bir yoshning munosib ta’lim olish huquqini kafolatlash davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.





