Vazir O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasini QS reytingidagi muvaffaqiyatli natija bilan qutladi
2025-07-07 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Ushrashuvda universitet rektori Inom Madjidov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda olimlar ishtirok etdi.
Vazir O‘zMUni yaqin orada dunyoning eng nufuzli TOP-500 talik oliygohlar safidan joy olib, ilm-fan va ta’lim rivojiga katta hissa qo‘shishi va yanada ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishiga tilakdosh bo‘ldi.
Shuningdek, vazir tomonidan O‘zbekiston Milliy universitetining tajribasi asosida hududlardagi oliy ta’lim muassasalariga tegishli ko‘mak ko‘rsatish orqali ularning reytinglardagi natijalarini oshirish bo‘yicha taklif bildirildi.
Dastlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan oliygohlar, xususan, Qoraqalpoq davlat universitetining xalqaro reytingdagi ko‘rsatkichlarini oshirish uchun mazkur OTMga uslubiy, ilmiy ko‘mak berish va bu hamkorlikni tizimli tashkil etishga kelishib olindi.
Bizni kuzating
Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram (https://www.instagram.com/eduuzofficial/)| YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)








