“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida sirtqi ta’lim bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
2025-07-07 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Temur Butunbayev, universitet rahbariyati, tajribali professor-o‘qituvchilar hamda sohaga tegishli mutaxassislar ishtirok etdilar.
Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z tabrigida shunday ta’kidladi:
“Bugun nafaqat diplomlar topshirildi, balki yuzlab yoshlar kelajak sari dadil qadam qo‘ydi. Ularning bilim va salohiyatiga ishonamiz. Sizlar yurt taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan yangi avlod vakillarisiz.”
Bitiruvchilar diplomlarni sohaning yetakchi rahbarlari qo‘lidan olishdek unutilmas lahzani boshdan kechirdilar. Bu ular uchun nafaqat katta sharaf, balki kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida ulkan ruhiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbir yakunida bitiruvchilarga mustahkam salomatlik, yurt taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat, ilm-fanga sadoqat va kelajakdagi faoliyatlarida omad tilandi.









