O‘zbekiston–Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik mustahlamlanmoqda
2025-07-04 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Barselona universiteti, Lleida universiteti vakillari bilan bir qatorda mamlakatimizdagi 10 ga yaqin oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari va xalqaro hamkorlik yo‘naliahiga mas’ul vakillar ishtirom etdi.
Davra suhbatida TDIU rektori T. Teshabayev, Toshkent davlat tibbiyot universtiteti rektori Sh. Boymurodov, Toshkent kimyo texnologiya universiteti rektori B. Usmonov, Toshkent Xalqaro universiteti rektori Jun Yong Wook, Toshkent kimyo xalqaro universiteti rektori K.Ahmedjonov, Urganch RANCH texnologiya universiteti rektori J.Otajonov taqdimot qildilar.
Ispaniya tomonidan Barselona universitetining xalqaro hamkorlik siyosati bo‘yicha prorektori Raul Ramos Labo va Lleida universiteti xalqaro aloqalar prorektori Antoni Granollers i Saltiveri o‘z chiqishlarida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan Erasmus dasturi bo‘yicha qo‘shma ilmiy grant loyihalarini amalga oshirish, turizm sohasida hamkorlik qilish, ispan tilini o‘rgatish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga tayyorligi bildirdi.
Muloqotda o‘ndan ortiq amaliy takliflar ilgari surilib, universitetlararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga doir tashabbuslar ko‘rib chiqildi.









